Turkiyaga borib ijod qilsa…

Келинглар, каналимдаги “савол-жавоб” рукнини жонлантирамиз! Саволларингизни юборинг, билганимча фойдали жавоб ёзаман! Бошладик!

Turkiyada borib ijod qilsa, qanchalik arzirli? Turkiyada ijodkorlarda imkoniyat bormi? Qay darajada? Turkiya orqali dunyoga chiqish mimkinmi?

— Agar butunlay ko’chib o’tsangiz, adabiy loyihalar, festivallar, erkinroq ijodiy davralar bizga nisbatan ko’proqligi sababli, Turkiyada ijodkor sifatida o’sishingiz, tajribangiz ortishi bor gap.

Ammo u yerda ‘o’zbek ijodkori’ bo’lib qolasiz xolos.

Talaba bo’lib borsangiz, ba’zi ijodiy imkoniyatlar ham ochiq bo’ladi, rasmiy ish topib bu imkoniyatlarni cho’zdirishingiz mumkin. Turkiya o’zbeklar uchun eshigini cheklangan muddatga ochib qo’ygan xolos, istaganingiz muddatda bemalol yashab, ishlab, ijod qilib yura olmaysiz.

Qonuniy, rasman ruxsat bilan yashash uchun alohida ruxsatnoma olinadi – bu esa ancha uzun jarayon.

Menimcha, siz turk ijodkor do’stlar bilan O’zbekistonda (masalan, muntazam ijodiy rezidensiya) dastur ochsangiz osonroq. Buning uchun fondlar, grantlar topish oson, ayniqsa, turkiy birlik harakati oyoqqa turayotgan hozirgi kunda.