Good news: Uzbek Jadid poetry in English!

Xushxabar: O’zbek jadid she’riyati ingliz tilda!

Shu yil aprel oyi boshida bir guruh o’zbek jadid shoirlari ijodidan eng yaxshi namunalar jamlangan “New Method, New Poetry” (Yangi usul, yangi she’riyat) nomli inglizcha kitob dunyo yuzini ko’rdi. O’zbekistonda Navoiy, Berdaq, Nodira, Uvaysiy va boshqa ko’plab shoirlarimiz asarlarining ingliz tarjimoni sifatida tanilgan Endryu Staniland ushbu loyiha tashabbuskori bo’ldi. A’zam Obid va Avazxon Haydarovlar unga bu savobli ishda yordamchi bo’lishdi.

250 sahifali ushbu to’plamga Cho’lpon, Nozimaxonim, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, To‘lagan Xo‘jamyorov, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy va Usmon Nosir she’rlari kiritildi. “New Method, New Poetry” kitobiga yozilgan so’zboshida Andrew Staniland O’zbekistondagi jadidlar harakati, faoliyati va ijodi haqida inglizzabon o’quvchilarga juda qiziq ma’lumotlarni taqdim etgan.

Kitobni Amazon tarmog’ida quyidagi link orqali sotib olish mumkin:
https://amzn.to/4cEQzQ9