Ajoyib gʻoya! Zero, soʻz moddiylashadi, deyishadi. Shu hikmatga amal qilsak, ORZUlarimizning yoʻlini yaqinlashtirgan boʻlamiz. Shaxsiy, oilaviy orzular oʻz yoʻliga. Masalan, mening mana bunday ijodiy orzularim bor( reallikka yaqinlari):
1. Adabiy ertaklarimni rus va ingliz tillariga tarjima qilib, yaxlit kitob holida chop ettirish va ularni maktab kutubxonalariga bepul tarqatish.
2. “Repetitor” gazetasining 64sahifada, toʻla rangli chop etilishi va respublikamizdagi barcha maktablarga kirib borishiga erishish.
3. Mark TVENning “Janna d’Ark” romanining bugungi poligrafik talablar asosida qayta chop etilishi.