Poyezd oynasiga uriladi qor,
Qalbga xush yoqadi ayoz qadami.
Men shodon, lek sizni o’ylayman takror,
Onam, qo’llaringiz sovqotmadimi?
Ana, qaynoqqina tutishar qahva,
Siz-chi, yosh kelurmi qarogíngizga,
Uchqundek ucholsam qani bir daf’a,
Lablarimni bossam oyog’ingizga.
Ayting, ruhu tanni tark etmasin taft,
Iliq navolarni chertsin qalb sozi.
Bo’lardim, duoyim topsa ijobat,
Bir umr musoifr o’tmoqqa rozi!
Poyezd oynasida jilvakor uchqun,
Ruhimni qitiqlar ayoz qadami.
Ovro’poni qoplar oppoq, nurli tun,
Onam, qo’llaringiz sovqotmadimi?