Jo‘shqin Qorabulut 1956-yilda Turkiya Jumhuriyatining Ona- do‘li vohasiga qarashli Sariqamish qishlog’ida tug’ildi. 1980-yilda Hojattepa universiteti sotsiologiya fakultetini bitirdi. Shundan so’ngra Mersin, Adana, Fathiya va Oushadasi kabi shaharlarda turli bank idoralarida faoliyat yuritdi. 2004-2014-yillar davomida Fathiya O’likdengiz tuman boshqarmasi “Madaniyat uyi” rahbari vazifasida ishladi.
Shoirning turli yillarda chop etilgan “Taramoq ko‘k yuzini”, “Bizga oid nima borki”, “Xayolimda sen”, “Chizgi”, “Meni vaqtsiz qoldir”, “Oayerdan qayerga”, “Anjir danagi” kabi she’riy to’plam- lari turk
she’riyatida o’ziga xos voqelik hisoblanadi.
BIR ISHQ ERTAGI
bir ertak boshlagandik sen bilan
birdan
ko’kdan uch olma tushdi uchalasi ham boshimga tushdi omadga boq!
ISHQ SHO’RVASI
ishtaham ochildi tag’in
o’tirib vaqt oshxonasida
ishq sho‘rvasi ichishga
me’dam aynidi har gal
chivin chiqdi ichidan
sanchqi qo’limda qoldi mudom
TAFOVUT
yig‘lay-yig‘lay keldim dunyoga
yig‘lata-yig‘lata ketmoqdaman
shu ajab ishga boqing
keyingi bir safar
kulib-kulib kelaman
va siz achinasiz kulib ketishimga
KEYING A SURILGAN ORZULAR
eng katta orzum hayotda
tong otmasdan uyg’onmoq
tushgacha uxlash esa
eng katta zavqim
har ishim
har holim
har onim shunday
tushuning axir
DOIM BIR XIL
tugagandan keyin tovog’i
qo‘li bol barmog’ini yalaydi
bir ajoyib
shunday bir zamonga keldikki
bol tayorlagan
barmog’ini yalaydi
eh bu ham ajoyib
BEKINMACHOO
sensiz o’tmas damlarda
sen yonimda bo’lmaysan
tushundim
tushundimki yolg’iz qolgan kechalar
o ‘z-o‘zimga yetishni o’rganib
urina urina
tug’dirganim kunning
doyasi bo’laman
sen esa hamma kabi
kun yorishgandan keyin kelib
yo’qligingda
kun qanday tug’ilganini bilmay
barchasini о‘yin deb bilib
bekinmachoq o’ynaysan
men bilan
ne ajab
adashgan bo‘lsam-da
bila turib har gal
jon kuydiraman isinish uchun senga
attang
ISHORALAR
koshki ishoralar
qo’ysam edi
yo’llarga
endi men
qanday qayta olaman yo’qolmay
ortga
o’zimga
SHE’R VA MEN
har she’rning tug’ilishi
biroz mening o’limimdir
kundan-kun
tuproq bo‘lar bir yerlarim
yig‘layman ustida she’rimni
yoshartiraman ko’zyoshlarim ila
men endi
u she’rlarda borman
ruhning kechishidir bu
o’limlidan o‘limsizga
bir guldir she’r
suvi tuprog’i mendan
o’xshamas o’lim tuprog‘iga
yolvoraman
uzmang gullarni
bosmang ustidan nima bo’lsa ham
jonim yonadi
XAYOLIMDA SEN
sen bir ummonsan_
turasan shunday
top-toza, moviy
men
quyosh eritgan qor suvi
kelmoqdaman sen tomon
beboshbo‘z loylar bilan birga
bo‘ladi-ku uchib ketsam
yetolmay senga
yo’qotsam yo’limni
yoki ko’kyuziga boq
u yerdabir bulut ko’rasan
huzun to‘la va yolg’iz
ikki tomchi ko’zyosh keltirgan zo’rg’a
yaxshilab qara
hayron qolasan
juda ham moviy!
(“Turkiy adabiyot durdonalari”dan olindi; Shermurod Subhon tarjimasi)