A guest poet: Nasrullo Ergash

Nasrullo ERGASH (Rahmatilla o‘g‘li) – 1988-yil 12-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Dashnobod qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetida hamda Oliy adabiyot kursida o‘qigan. Hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor bo‘limi doktoranturasida ilmiy tadqiqot olib borish bilan birga “Tafakkur” jurnalida muharrir vazifasida ishlamoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Ikkimizdan qolsin alanga”, “Yo‘lga chiqqan tog‘lar” kitoblari nashr etilib, she’rlari jahonning o‘ndan ortiq tillariga tarjima qilingan.

Song of the Freeman

a poem by NASRULLO ERGASH

Thank God, I was born free, not a slave!
Though the world felt narrow for my wide soul’s rave,
I birthed free words in verses I weave,
Yet none as sweet as you, my heart’s brave.
To God’s realm, I came with fervent prayer,
Freedom is my beloved, my constant care!

God, you made me a poet true,
You gifted me lines to praise the free anew.
Though sometimes the hounds you did set,
Perhaps joy’s guise is the greatest threat!
Thank you, for courage in each breath I drew,
Freedom is my beloved, my steadfast view!

In hardest times, truth I spoke bold,
Never a lie did my tongue unfold.
They bid me return, from death I did stride,
Servitude to God, in word’s grace I abide!
At dawn, I sought a word’s guiding light,
Freedom is my beloved, my soul’s delight!

Thank you for voicing my silent plea,
I filled the Turkic world with melody!
Hey Khayyam, come, let’s harmonize our song,
See the beauty in sacrifice prolonged.
With sweet blood, I filled the goblet’s brim,
Freedom is my beloved, my spirit’s hymn!

Rise, fear not, and embrace freedom’s call,
Echo to Turkestan and ancient Turon’s hall.
Awake, my Turkic kin, arise and stand tall,
If you exist, let your rallying cry enthrall!
Forever, let the chorus ring free:
Freedom is my beloved, my destiny!

 

AVTOPORTRЕT

Mening zohirimda telbalik yo‘qdir,
Tinch oqqan ummonman, dayro ichimda.
Shoirman, majnunlik etmasman da’vo,
Ki Majnun ichimda, Laylo ichimda.

O‘zimdan ichkari ketgan bir yo‘lman,
Oshkor faryod solmam, g‘avg‘o ichimda.
O‘z ruhimga cho‘kib yotgan kajkulman,
Pir deb yukinganim mavlo ichimda.

Ruhimda aylanar chayir tasbehim,
Bilmaslar, ne ulug‘ taqvo ichimda.
Mening buyuklardan yo‘qdir tanishim,
Shoh ham ichimdadir, gado ichimda.

Odamman, begona emasdir loyim,
Xalq ham ichimdadir, arkon ichimda.
Ichimda Hallojga qurilgan dorim,
Isyondan o‘rilgan arqon ichimda.

Oshiqman, ruhimda qizigan savdo,
Ishqman, bir zarrasi sirtimda yo‘qdir.
Bo‘g‘zimda bir qashqir aylar tavallo,
Vale qashqir ismi ismimda yo‘qdir.

Zikrim ichimdadir, ichimda tavbam,
Jandam ko‘rinmaydir, rido ichimda.
Mening ko‘ngil degan joydadir Ka’bam,
Ko‘kdan izlamasman, Xudo ichimda!

2023.21.11

 

BULBUL TURKUSI

Bulbul, bu mening vatanim, deb kuylar ekan.

Bu ko‘hna jahonda gul-chaman ko‘pdir,
Biling, tufroq gardi chamandir menga.
Mening vatan ichra vatanim yo‘qdir,
Vale vatan dardi vatandir menga!

Navolar gurkirar o‘t shukuhimda,
Kuylarman hushimda hamda uyqumda.
Bir vatan kezgaydir mening ruhimda,
Ul vatan hasrati vatandir menga!

Vatan – jahon ichra qutlug‘ jahonim,
Manim Turkistonim, manim Turonim,
O, manim o‘zbaki O‘zbekistonim,
Sening go‘zal isming vatandir menga!

Shoirman, muzaffar xayolni sevdim,
Gohi mayni sevdim, ayolni sevdim,
Va seni sevdimu Xudoni sevdim,
Abad sening sevging vatandir menga!

Boqsam, ul quyosh, oy vatandir menga,
Ul bayroq, ul humoy vatandir menga.
Yumshoq bag‘ringga ol, bir kuni o‘lsam…
Onam qornidek joy vatandir menga!

2024.05.04

 

OZOD INSON QO‘SHIG‘I

Shukur, mute emas, ozod tug‘ildim!
Garchi keng ruhimga tor keldi borliq.
She’rlarimga ozod so‘zdan tug‘ ildim,
Vale so‘z topmadim o‘zingday totlig‘.
Tangri dargohiga yukinib keldim,
Sevgilim ozodlik, yorim ozodlik!

Tangrim, shoir qilib yaratding meni,
She’r berding, kuyla deb ozod insonni.
Goh yovuz itlarga talatding meni,
Balki saodatdir eng buyuk xorlik!
Shukur, yashamadim hovuchlab jonni,
Sevgilim ozodlik, yorim ozodlik!

Qaltis lahzalarda rost so‘zni aytdim,
Aslo so‘ylamadim qabih yolg‘onni.
Yo‘ldan qayt dedilar, o‘limdan qaytdim.
Ey Ollohga qullik, so‘zga podshohlik!
Ollohdan so‘z tilab ottirdim tongni,
Sevgilim ozodlik, yorim ozodlik!

G‘ofil sukutimga so‘z berding, shukur,
Qo‘shiqqa to‘ldirdim turkiy jahonni!
Ey Xayyom, kel, birga kuylaymiz qo‘shiq,
Qara, bu qandayin go‘zal qurbonlik,
Shirin qonim bilan to‘ldirdim jomni,
Sevgilim ozodlik, yorim ozodlik!

Qani, sen ham qo‘rqmay hurlikka qaytgil,
Chorla Turkistonu qadim Turonni.
Uyqudan uyg‘ongil, ey turkiy xalqim,
Bor bo‘lsang, hayqirgil bitta faryodlik!
Sen mangu ortimdan to‘xtamay hayqir:
Sevgilim ozodlik, yorim ozodlik!!!

2024.31.01